Angliyaning “Liverpul” jamoasi ustozi Yurgen Klopp Anliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Premer-liganing "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida e`lon qilindi.
Mersisaydliklar o`tgan oyda Angliya chempionati doirasida uchta o`yin o`tkazib, barchasida zafar quchdi. Raqiblar darvozasi esa 11 marta ishg`ol etildi.
Angliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga ham aniqlik kiritildi. Unga ko`ra, “Tottenxem” klubining koreyalik o`yinchisi Son Xin Min eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Janubiy Koreya terma jamoasi a`zosi o`tgan oyda o`tkazilgan 3 uchrashuvda 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.





