“Manchester Yunayted” jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson “Real” klubida faoliyat olib borayotgan Krishtianu Ronalduni “Barselona”ga sotmoqchi bo`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Bleacher Report nashri xabar bermoqda.
Fergyuson Ronalduning “Real”ga sotilishi oldidan “Barselona” vakillari bilan uchrashib, o`z portugaliyalikni sotishga harakat qilgan. Ammo muzokaralar omadli chiqmadi va transfer amalga oshmay qoldi.
Fergyuson Krishtianu Ronalduning “Real” o`tish istagini 2007 yilda bilgan va uning shartnomasini 2012 yilgacha cho`zdirgan.
“Real” esa futbolchining tovon pulini to`lashga tayyor bo`lgan va shu tariqa Ronaldu 2009 yili “Real”ga o`tib ketdi.





