2023 yilning 28 iyun kuni soat 13:10larda noma`lum shaxs Chirchiq shaharidagi dorixona ro`parasiga eshiklari ochiq qoldirilgan "NEXIA-3" avtomashinasini olib qochib ketgan.
Avtomashinani Chirchiq shahar A.Navoiy ko`chasida boshqarib kelayotib, 41 yoshli S.I.ning boshqaruvidagi “NEXIA-2” rusumli avtomashina orqa tomonidan urib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan va Chirchiq shahar IIB JQB xodimlari tomonidan ushlangan.
U Toshkent viloyatida yashovchi 35 yoshli U.M. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan U.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi so`roq qilinganda, ushbu jinoyatga qo`l o`rishiga sabab davolanayotgan shifoxona doktorlari unga uyga ketishiga ruxsat bermaganligidan jahli chiqib, ko`chaga chiqib mazkur avtomashinada uyiga etib olish maqsadida olib qochganligini aytgan.
Hozirda gumon qilinuvchining ruhiy sog`lomligi tekshirilmoqda.
Tergov davom etmoqdan.






