AsosiyJinoyat

G`azalkent shahrida qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruh qo`lga olindi (video)

'G`azalkent shahrida qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruh qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati G`azalkent shahrida IIB xodimlari qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruhni qo`lga oldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, holat 26 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda, Toshkent viloyati G`azalkent shahrida sodir bo`lgan. Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari  Toshkent shahri Olmazor tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati bo`yicha gumonlanayotgan jinoiy guruh a`zolarini qo`lga olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mashina bagajida jasad borligi aytilgan xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda, ishga oid boshqa ma`lumotlar oshkor etilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar