AsosiyJamiyat

"Ushlab olib sochlarini kesib tashladim". Qashqadaryoda xotinini bog`lab qo`yib, qiynayotgan er bo`yicha tafsilotlar ochiqlandi (video)

'"Ushlab olib sochlarini kesib tashladim". Qashqadaryoda xotinini bog`lab qo`yib, qiynayotgan er bo`yicha tafsilotlar ochiqlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ayol doimiy eridan kaltak eb kelgani uchun, uning zulmidan qochib, Rossiyada ishlovchi onasi va akasining oldiga ketishga uringanida eri uni ushlab olib, sochlarini kesib tashlab, urgani va bog`lab qo`ygani aytilgan videoxabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur hodisa Shahrisabz shahar "Qushxona" MFYda 2018 yildan buyon qonuniy nikohdan o`tib yashab kelgan, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro Sh.M. va 1997 yilda tug`ilgan fuqaro Y.S.lar o`rtasida o`zaro oilaviy kelishmovchiliklar tufayli 2021 yil may oyida sodir etilgani aniqlandi.

Fuqaro Y.S. (ayol) yuqoridagi holat bo`yicha ilgari ichki ishlar organlariga murojaat etmagan.

Ta`kidlanishicha, er-xotin Sh.M. va Y.S. o`rtasida 2022 yil iyun oyida ham janjal bo`lib, mazkur holat Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz tuman sudida ko`rib chiqilib, sudning 2022 yil 26 iyul kunidagi qaroriga asosan, ayolning turmush o`rtog`i Sh.M. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasi va va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, jarima jazosi qo`llanilgan.

Hozirgi kunda tarqalgan video yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar