AsosiyJinoyat

Farg`onada erkak ayoli bilan ishqiy munosabatda yurgan do`stini urib o`ldirdi

'Farg`onada erkak ayoli bilan ishqiy munosabatda yurgan do`stini urib o`ldirdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Jinoyat ishlari bo`yicha Beshariq tuman sudida Dang`aralik 30 yoshli fuqaroga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma`lum qildi.

Sudda o`z aybiga iqror bo`lib, ko`rsatma bergan Abdullaevning bildirishicha, turmush o`rtog`i bilan janjallashib qoladi. Buning natijasida xotini ketib qoladi

Joriy yil 8 yanvar kuni ayoli yashab turgan uyga farzandini ko`rish uchun boradi. U erda xotinining telefonini tekshirganida erkakning yaqin o`rtog`ini “Begim” deb saqlab qo`yganini ko`radi. Undan tashqari Telegramini ko`rganida o`rtog`i Aliev bilan ishqiy munosabatda yozishgan smslarini topadi.

Bundan jahli chiqqan er o`rtog`i bilan ko`rishib, gaplashib olish niyatida unga qo`ng`iroq qilgan. So`ng uni o`zi ishlab kelayotgan issiqxonaga chaqirgan. Shu kuni soat 22:30 larda issiqxonaga kelgan Aliev bilan o`zaro suhbat paytida janjallashgan. Janjal davomida do`sti xotini bilan yurganini aytgan. Shunda er qo`l-oyog`i bilan do`stini duch kelgan joyiga mushtlab, tepib tashlagan.

Natijada jarohatlangan Aliev davolanish uchun shifoxonaga yotqiziladi. Biroq 10 yanvar kuni u tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etadi.

Holat yuzasidan yuritilgan jinoyat ishi Beshariq tuman sudida ko`rib chiqildi. Unga ko`ra, jinoyatchi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 8 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar