AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi

'Dam olish kunlari O`zbekistonga  Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi'ning rasmi

"O`zgidromet"ning ma`lum qilishicha, Respublikamiz hududiga Eronning tropik havosi kirib kelishi natijasida ushbu hafta davomida O`zbekiston bo`yicha juda issiq ob-havo kuzatildi.

 11 iyulda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 12-13 iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati 40-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarning ba`zi joylarida 43-45° gacha, Qizilqum cho`lining g`arbida joylashgan ba`zi joylarda 46° gacha ko`tarildi.

Kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13 iyul kunidan boshlab respublikamizning shimoli-g`arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishni boshladi va ushbu hudud bo`yicha harorat 5-7°0 ga pasaydi.

Bugun Kavkazdan kirib kelayotgan havo respublika hududi bo`yicha harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Bugun kunduzi havo harorati 35-39° ni tashkil etadi, eng chekka janubda 41-44° gacha bo`ladi. Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida harorat 33-38° atrofida bo`ladi, faqat ba`zi joylarda 39-40° ga etadi.

14-16 iyul kunlari respublikaning barcha hududlari bo`yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda  14-16 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 14 iyul kechga tomon va 15 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat 37-39° dam olish kunlari 35-38° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar