AsosiyJamiyat

O`zbekistonda video orqali zo`ravonlikni targ`ib qilish haqiqiy epidemiyaga aylandi (video)

'O`zbekistonda video orqali zo`ravonlikni targ`ib qilish haqiqiy epidemiyaga aylandi (video)'ning rasmi

O`zbekistonlik bloger qizlarga nisbatan zo`ravonlikni targ`ib qiluvchi videorolikni e`lon qildi. Videoda bloger go`yoki Allohdan yaxshi qiz so`ragani va uni uchratgach yuziga urganini ko`rishingiz mumkin.

O`zbekistondagi zo`ravonlikka qarshi NeMolchi.uz loyihasi huquq-tartibot idoralarini ushbu videoni yaratishda ishtirok etgan fuqarolarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

"Davlat bunga qarshi nimadir qilyaptimi? Albatta, yo`q. Kichik yoshdagilarni zo`rlovchi huquqni muhofaza qiluvchilardan nima kutishimiz kerak? Bunday videolarga layk bosib, biri-biridan ajoyib sharhlar yozuvchi auditoriyani nima qilish kerak? Zo`ravonlik, kaltaklashlar, qotilliklar... Negaki bunday videolar zo`ravonlikni me`yor sifatida qabul qilishga xizmat qiladi.

Davlat bizni aniq himoya qiladimi? Yoki zo`ravonlik va shavqatsizlikni targ`ib qiluvchi kontentni ishlab chiqish va tarqatganlik uchun jazo bekor qilindimi? O`zbekiston IIV ga murojaat qilamiz: mazkur s`yomka ishlarida qatnashgan barchani qonunga muvofiq jazoga tortish shart", deyiladi loyiha adminlari.

 

    Boshqa yangiliklar