AsosiyJinoyat

Xoreografiya akademiyasi faoliyatida korrupsiyaviy omillar aniqlandi va jinoyat ishi ochildi

'Xoreografiya akademiyasi faoliyatida korrupsiyaviy omillar aniqlandi va jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyati o`rganilganida bir qator korrupsiyaviy omillar aniqlandi buhaqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan madaniyat va madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazorat tadbirlari o`tkazib kelinmoqda. Jumladan, O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyati o`rganilganida, oliygohga o`qishga qabul qilishda shaffoflik ta`minlanmasdan, korrupsiyaviy omillarga zamin yaratilgani aniqlandi. Xususan: 

  • me`yoriy hujjatlar talablariga zid ravishda o`qishga qabul boshlangani haqida keng jamoatchilikka bir oy oldin xabar berilmagan;
  • 496 nafar abiturientning ijodiy imtihon natijalari videotasvirga olinmagan;
  • 52 nafar abiturientning amaliy ishlari shifrlanmasdan, maxfiyligi ta`minlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.

Bundan tashqari, akademiyada 22 nafar o`qituvchi-pedagogga dars mashg`ulotlari me`yor talablariga zid ravishda qo`shib yozilib, 319 million so`m, o`tilmagan dars soatlari uchun 154 million so`m to`lab berilgan. Hujjatlar soxtalashtirilib, haqiqatda ishlamagan 7 nafar xodimga 270 million so`m, yuklatilgan vazifalarni bajarmagan 6 nafar xodimga 107 million so`m asossiz to`lanib, byudjet mablag`lari o`zlashtirilgan.

Moddiy javobgar shaxslar tomonidan 76 million so`mlik tovar-moddiy boyliklar kamomadiga yo`l qo`yilgan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar