AsosiySalomatlik
5784

Saqich: foydami yo zarar?!

Foydasi:

+ Saqichni chaynaganda oshqozondagi suyuqlik shirasining ajralishi ortib, hazm qilish jarayoni yaxshilanadi.

+ Og`iz bo`shlig`ini ovqat qoldiqlaridan qisman tozalaydi.

+ Ozish uchun tutiladigan parhezlarda saqichdan foydalanish mumkin. Lekin chaynash davomiyligi 10-15 daqiqadan oshmasligi lozim. Egulik o`rniga saqich chaynamang.

+ O`tkir ta`mli eguliklarni iste`mol qilgandan so`ng og`iz bo`shlig`idagi havoni tozalaydi.

Zarari:

  • Muntazam saqich chaynash natijasida tishlar o`rnidan qo`zg`alishi mumkin.
  • Och qoringa saqich chaynash salomatlik uchun zararli. Sababi oshqozonda ishlab chiqariladigan shiraning ortishi kuzatilib, oqibatda gastrit, hatto oshqozon yarasini ham keltirib chiqarishi hech gapmas.
  • Saqich chaynash vaqtida spirtli, gazli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Chunki saqich turli konserogen moddalarni o`ziga singdirib olib, so`lak orqali organizmga tushiradi.
  • Muntazam saqich chaynaydiganlarda so`lak ajralishi faollashgan bo`ladi. Chunki uni chaynashda og`iz bo`shlig`idagi so`lak bezlari faol harakatga o`rganib qoladi. Hatto, saqich chaynalmaganda ham og`iz bo`shlig`ida so`lak ajralishi davom etaveradi.

Boshqa yangiliklar