AsosiyJinoyat

Buxoroda hokim yordamchisi, hokimlik xodimi boshchiligidagi jinoiy guruh fosh etildi

'Buxoroda hokim yordamchisi, hokimlik xodimi boshchiligidagi jinoiy guruh fosh etildi'ning rasmi

Buxoroda noqonuniy er oldi-sotdisi bilan bog`liq faoliyat bilan shug`ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Kogon tumani Qishloq xo`jalik bo`limi mas`ul xodimi, Buxoro tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan Q.O. ismli shaxs hamda “Nurafshon” MFY hokim yordamchisi, 1993 yilda tug`ilgan T.B. lar oldindan o`zaro jinoiy til biriktirishgan.Ular bir fuqaroni aldab, ishonchini suiiste`mol qilib, vakolatli tanishlari orqali, unga Kogon tumani hokimligi zaxirasida turgan bo`sh er maydonlaridan 40 gektarini auksion savdolar orqali olib berish evaziga 10 ming AQSh dollarini pora tariqasida berishga dalolat qilgan.

Joriy yilning 11 iyul kuni Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu jinoiy guruhning Buxoro tumani Ko`chkamar qishlog`ida joylashgan “Avtomobillarni yuvish shoxobchasi” oldida kelishilgan puldan 5 ming AQSh dollarini fuqaro I.A. orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar Q.O. va T.B. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi hamda 28 orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar