AsosiyJamiyat

Nashida tarqatgani uchun 3 yilga qamalgan talaba yigitning shikoyati qanoatlantirilmadi

'Nashida tarqatgani uchun 3 yilga qamalgan talaba yigitning shikoyati qanoatlantirilmadi'ning rasmi

Toshkent viloyatida telegramda nashida tarqatgan talaba yigit uch yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Bugun Toshkent viloyat sudida unga oid jinoyat ishi uning himoyachilari tomonidan jinoyat ishlari bo`yicha Oqqo`rg`on tuman sudining 2023 yil 8 maydagi hukmi ustidan berilgan apellyasiya shikoyatlariga asosan ochiq sud bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot kotibi xabar berdi.

Mazkur jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi S. Ashirmatov raisligida hamda sudyalar H. Berdiqlichev va X. Usmonovdan iborat sud tarkibida ko`rib chiqildi.

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining 2023 yil 17 iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining J. U. ga nisbatan chiqarilgan hukmi o`zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Ushbu ajrim ustidan Oliy sudining Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga kassasiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkinligi ma`lum qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar