1

Dunyoning eng keksa pandasi vafot etdi

Dunyo 17.10.2016, 12:37
Dunyoning eng keksa pandasi vafot etdi

Erkinlikda yashamagan dunyoning eng keksa pandasi yakshanba kuni Gonkongda vafot etdi. Uning yoshi 38 da bo`lib, olimlarning ma`lum qilishlaricha, bu insonning yuz yillik umri bilan barobar. Pandaning ahvoli ikki hafta oldin yomonlashdi. Mazkur hodisa yuzasidan Gonkong hukumati ham hamdardlik bildirdi.

Dunyo hayvonot bog`larida 375 panda yashaydi. Bu bambuk ayiqlar ozodlikda bo`lmagan hayotga moslashmagan bo`lib, qiyin ko`payadilar, shu sababdan ularni boqishga juda ko`p mablag` sarflanadi. Xitoyda pandalar mamlakatning norasmiy ramzi sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1