Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Buxoro davlat pedagogika instituti o`quv bo`limi boshlig`i A.A. fuqarolar B.S. va Q.Q.ni tanishlari yordamida 5 000 AQSh dollari evaziga ushbu institutga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.