Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Manzura diniy chiqishlari bilan mashhur bo`lgan Abror Muxtor Aliyga turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga xonandaning o`zi oydinlik kiritdi.
"Men hech kimga erga tegmayapman. Hamma domlalarni hurmat qilaman. Lekin men erga tegishimni sizlardan bilyapman. O`zi har safar meni kimgadir erga bervorasizlar. Eng kech bilgan odam men bo`laman. Hali yoshman, ming gulimdan bir gulim ochilmagan. Eng shov-shuvli insonlarni shunaqa qilishadi. Menam shunaqa insonlar qatoriga kiraman-da", - deya munosabat bildirgan Manzura.






