FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha bugun, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12:26 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila episentri Toshkentdan 512 km janubiy-sharqda.
O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 3 ball, 239 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 416 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 421 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 432 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 433 km.
Farg`ona viloyatida 2-3 ball, 442 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 503 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 504 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.






