Kecha, 19 iyul kuni Instagram’da Asad Algo nomi bilan tanilgan, salkam 1 millionga yaqin kuzatuvchiga ega bloger Asad operasiya vaqtida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Darakchi.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog`landi.
Taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, haqiqatdan ham, kecha 20 yoshli Asadbek Arziqulov (Asad Algo) tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib kelingan.
Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.
Hozirda o`lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi o`tkazilmoqda.
Mazkur xolat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma`lumotda.






