AsosiyJamiyat

Toshkentda 10 qavatli uy tomiga qo`shimcha uy qurilgani aniqlandi

'Toshkentda 10 qavatli uy tomiga qo`shimcha uy qurilgani aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 10 qavatli turar joy tom qismida yangi uy qurilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu vaziyatga tuman hokimligi hozirgi kunda mazkur holat bo`yicha tegishli sud organlariga da`vo ariza tayyorlash jarayonida, deya izoh bergan.

Joriy yilning 10 iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi mazkur manzilda o`rganish ishlarini olib borgan. 

Unga ko`ra, 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud bo`lgan mansardaning yon qismiga o`zboshimchalik bilan qo`shimcha qurilma qurib olganligi aniqlangan.

Inspeksiya tomonidan o`z vakolati doirasida fuqaroga 15 kun muddat ichida, ya`ni 25 iyul kuniga qadar bartaraf etish bo`yicha majburiy ko`rsatma berilgan.

Shuningdek, unga MJtKning 159-moddasiga asosan, ma`muriy jarima qo`llanilgan.

Tartibga ko`ra belgilangan majburiy ko`rsatma talablari fuqaro tomonidan bajarilmagan taqdirda FIB sudga majburiy tartibda bartaraf etish to`g`risida da`vo arizasi kiritiladi,- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar