AsosiyJamiyat

Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlandi. Zarar — 178 million 530 ming so`m

'Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlandi. Zarar — 178 million 530 ming so`m'ning rasmi

Ekologiya vazirligining Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi bo`limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o`tkazildi. Reyd davomida Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi, Arnasoy bo`limi hududida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro T. B. tomonidan noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi.

Shuningdek, T. B. boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan kichik o`lchamdagi jami 541 ta (113,5 kg) oqsila (sudak) baliqlari topildi.

O`rganish natijasida hayvonot dunyosiga jami 178 million 530 ming so`m miqdorida zarar keltirilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar