AsosiyJinoyat

Toshkentda o`ziga tegishli bo`lmagan do`konni sotishga uringan shaxs jinoyat ustida ushlandi

'Toshkentda o`ziga tegishli bo`lmagan do`konni sotishga uringan shaxs jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Poytaxtdagi savdo majmualaridan birida ishlovchi, 1977 yilda tug`ilgan M.I. o`ziga tegishli bo`lmagan 4 metr kvadrat maydonga qurilgan do`konni J.I.ga sotishga va`da bergan.

Joriy yilning 18 iyul kuni taxminan soat 15.30 larda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida M.I. 15 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni J.I.dan olayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB hamda DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) hamda 28,211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar