O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov “Yalla” guruhining Toshkent shahridagi konsert dasturi qachon o`tkazilishi haqida ma`lum qildi.
“Uzbekistan Today” nashrining ma`lumotlariga ko`ra, afsonaviy “Yalla” guruhi kuz mavsumida konsert dasturini taqdim etishi mumkin.
“Bu o`ziga xos ijodiy hisobot bo`ladi” deydi Farruh Zokirov.
—Muxlislarimiz “Yalla” guruhining konsertlarini kutayotganidan xabarimiz bor. Hatto menda shunday holatlar bo`lgan: Qoida buzganim uchun emas, balki men bilan shunchaki salomlashib, qachon konsert berishimni so`rash uchun YPX xodimlari meni to`xtatishgan. Men esa ularga endi yoshlarning davri kelganini aytganimda esa, ular menga “Yoshlarning uslubi va muxlislari boshqa, sizning esa o`z uslubingiz, o`z auditoriyangiz bor. Biz sizning konsertlaringizni kutyapmiz”, deb javob berishgan. Buni eshitish menga juda yoqimli,—deydi Farruh Zokirov so`zlarini davom ettirar ekan.
10.12.2019, 20:06
Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...06.11.2019, 12:06
Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...14.08.2017, 12:34
Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...11.08.2017, 16:04
"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...