AsosiyJamiyat

Oksford universitetida o`zbek tili kursi ochiladi

'Oksford universitetida o`zbek tili kursi ochiladi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o`rinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegasiya tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, o`zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uyg`onish davri adabiyotining serqirra ijodkorlari, olimu fuzalolari, ularning asarlari haqida qiziqarli ma`lumotlar berildi. Muassasaning o`zbek tili va madaniyatini targ`ib etishdagi ishlari, “O`zbek maktabi” faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

So`ng o`tkazilgan uchrashuvda Oksford universitetida o`zbek tili kursini ochish va uni metodik qo`llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Tomonlar shu yilning dekabr oyida Oksford universiteti rasmiy delegasiyasining tashrifi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olishdi.

    Boshqa yangiliklar