Rossiyalik milliarder Sergey Sarkisov o`g`lining tavallud ayyomini nishonlashga 12 million rubl sarfladi. Uning o`g`li va mehmonlarini Nyusha, Valeriy Syutkin va Quest Pistols Show kabi san`atkorlar o`z chiqishlari bilan mamnun qilishdi.
Life.ru nashrining xabar berishicha, 57 yoshli Sarkisovga Sixty klubining faqat farzandi uchun ishlashining o`zi 6 millionga tushdi.

Portal tantanali banket qanchaga tushgani bilan ham qiziqdi — 600 ming rubl.
Kichik Sarkisovning tavallud kuniga yig`ilganlar orasida mamlakatning eng badavlat va mashhur yoshlari tashrif buyurishdi.





