Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo`jayli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.M. tuman xalq ta`limi bo`limi bosh inspektor-metodisti vazifasida ishlagan davrida fuqaro E.M.ni 3 000 AQSh dollari evaziga tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktablardan biriga direktor lavozimiga o`tkazishini aytib, uning 2 100 AQSh dollari va 1 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, T.M. tomonidan 1 mln so`mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kabi, Departamentning Chimboy tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.L. fuqaro G.U.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Nukus shahar tez tibbiy yordam markaziga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 20 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
21.07.2023 13:58
Xo`jayli va Chimboyda pora evaziga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi






