Sog`liqni saqlash vaziri tizimda 30 yoshgacha doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan xalqaro talablarga mos, raqobatdosh yosh tibbiyot olimlarini taqdirlashga qaror qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyidagilarga Muminov Davron, Rashidov Rustam, Xabilov Behzod, Tojiev Feruz 50 million so`mdan pul mukofoti ajratildi.
Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, TOP 100 talik ro`yxatdan joy olgan nufuzli xalqaro ta`lim muassasasini bitirganligi inobatga olinib, PhD diplomi Fan doktori diplomiga nostrifikasiya qilingan. R.Rashidov hozirgi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dosenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Vazir tizim faollari ishtirokida o`tgan yig`ilishda ushbu olimlar ilmiy faoliyatini e`tirof etib, ularning har biriga 50 million so`mdan pul mukofoti ajratilishini ma`lum qildi.