AsosiyJamiyat

Toshkentda uyga to`lov qilib aldanganlar Bosh vazir bilan uchrashdi (video)

'Toshkentda uyga to`lov qilib aldanganlar Bosh vazir bilan uchrashdi (video)'ning rasmi

Toshkentda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uchun to`lovlarni qabul qilib olgan firmaning va`da qilingan hududda turar joy majmuasi qurishga ruxsati bo`lmagani va buning ortida aholida norozilik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 21 iyul kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident topshirig`i bilan Toshkent shahridagi quruvchi firmalarning biriga uy uchun to`lov qilib aldangan fuqarolar bilan uchrashdi. Bu haqda Bosh vazir Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, fuqarolar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Izzat ko`chasida "Aziya Invest Favorit" MChJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan uylarga to`lov qilgan, biroq oradan bir yarim yildan ko`proq vaqt o`tganiga qaramay qurilish ishlari boshlanmagan.

Fuqarolar MChJ rahbari qamoqqa olingani bilganidan so`ng pullarini so`rab boradi, lekin ularga firma yopilganini aytib pullarini qaytarib berishmaydi. Fuqarolar ko`rgan zarar 300 mlrd so`mdan ortiq ekani aytilmoqda.

Sayyor qabulda mazkur masalani o`rganish va hal etish bo`yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumot berilgan. Shuningdek vazir, fuqarolar bilan uchrashuvda, "Uy bilan  muammo bo`lgan 1091 fuqaroning masalasi hal bo`lishiga mana men turib beraman. Bir gapni aytaman, hali shu yoshimgacha hech kimni aldab ketganim yo`q", deya va`da berdi. 

Shuningdek, qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi o`n kunligida o`tkazilishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar