Internet ijtimoiy tarmoqlarida o`zini IIO xodimi deb tanishtirgan qiz haqida video tarqaldi.
Xabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi
Ma`lum bo`lishicha, ichki ishlar organi xodimining xizmat kiyimidagi ayol Farg`ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan Sh.M ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tuman IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Quva tumani sudi tomonidan Sh.M.ga 21.07.2023 yil kuni Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 209-moddasi prim 1-moddasiga asosan bazaviy hisoblashning ikki baravari miqdorida jarima jazosi qo`llanildi.
Shuningdek, mazkur kiyim-boshni Sh.M.ga bergan xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.






