AsosiyJamiyat

Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi 200 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi (video)

'Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi 200 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi (video)'ning rasmi

 Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi 10 gektar sug`oriladigan er maydonini 24 mln. AQSh dollariga sotib olib berish uchun  1,5 mln. AQSh dollarini berishini talab qildi. Shundan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o`zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo`lgan 10 gektar sug`oriladigan er maydonini 24 mln. AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, er maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln. AQSh dollarini berishini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

 Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, 2021 yilda Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmaga investisiya kiritish dasturi asosida ko`p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar er maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan pul mablag`idan 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 

    Boshqa yangiliklar