AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tibbiyot oliy o`quv yurtlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo`lga qo`yiladi

'O`zbekistonda tibbiyot oliy o`quv yurtlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bu haqda SSV mabuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatdagi mavjud 11 ta tibbiyot oliy ta`lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori bo`lgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo`lgan talabalar ko`p.

Ularda dunyoning yuqori reytingida turgan universitetlarga grantni qo`lga kiritish imkoniyati juda katta.

Shu bois Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizim faollari ishtirokida o`tgan yig`ilishda amaldagi tartibga o`zgartirish kiritish hamda bunday iqtidorli va izlanuvchan talabalarga vazir stipendiyasini to`lab borish tizimi joriy etilishini ma`lum qildi.

— Agar buni amaliyotga tatbiq etsak, chet tillariga qiziquvchi qolgan talabalar ham ularga ergashib, huddi shunday yuqori natijalarga erishishga intiladi, — dedi A. Inoyatov. — Buning uchun tibbiyot oliygohlari rektorlari iqtidorli talabalarga alohida e`tibor qaratishi, har bir kafedra o`qituvchisi ilm yo`lini tanlagan bo`lajak yosh mutaxassislarni yaqindan qo`llab-quvvatlashi zarur.

Qayd etilishicha, mazkur yangilikni joriy qilish bo`yicha yaqinda huquqiy asoslar ishlab chiqilishi ko`zda tutilgan.


 

    Boshqa yangiliklar