O`zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari komissiyasiga prezident etib saylandi.
Indoneziyaning Jakarta shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari bo`yicha komissiyasi majlisi o`tkazildi. Unda komissiya kelgusi 2 yillik muddat uchun Prezidentlikka nomzodni ko`rib chiqdi va raislikka bir ovozdan O`zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurovning nomzodini ma`qullab, ovoz berdi.
Xalqaro notariuslar ittifoqi – 1948 yil 2 oktyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tashkil topgan bo`lib, barcha besh qit`adan jami 91 mamlakat notariuslarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.
O`zbekiston Notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga 2021-yil 3-dekabr kuni 91-a`zo sifatida qabul qilingan edi.






