AsosiyJamiyat

Qo`shrabot tumanidagi qabristonda yong`in sodir bo`ldi

'Qo`shrabot tumanidagi qabristonda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 23 iyul kuni soat 12:08 da Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani  ”Qo`rolos” MFY,   ”Qo`rolos” qishlog`ida joylashgan ”Bubak Ota” qabristonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong`inga soat 12:14 da etib borgan va soat 13:29 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida qabristonning taxminan 5 ga maydonda xas-xashak yongan.

Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar