Toshkent – Budapesht o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, aviakompaniya 2023 yilning 20 avgust kunidan ushbu yo`nalishda qatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Mazkur yo`nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.
Batafsil ma`lumotlarni aviakompaniya rasmiy veb-sayti hamda (71) 227-93-07 telefon raqami orqali olish mumkin.






