Boshlangan haftaning katta qismida O`zbekiston hududi bo`yicha issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, kunduz kunlari harorat 39-42 darjaga, janubda va cho`l hududlarda, shuningdek 24-25 iyul kunlari respublika shimolida ba`zi joylarda 43-44 darjaga etadi.
27 iyulda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga, 28 iyulda respublikaning barcha hududlariga Qozog`iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat 35-38 darjagacha, janubda 40-42 darjagacha biroz pasayadi.
Bunday harorat hafta oxirida ham saqlanib turadi.
Shimolda, janubda va cho`l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/m gacha kuchayishi, chang-to`zon kuzatilishi mumkin.
Tog`li hududlarda 24 iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Poytaxtda: 24-27 iyul kunlarihavo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o`rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 24-27 iyulda 39-42 daraja, 28 iyulda 38-40 daraja bo`ladi.
Ma`lumot uchun, ushbu haftada kunlar issiq bo`lishiga qaramay, havo harorati o`tgan yillarda o`rnatilgan rekord ko`rsatkichlarga etib bormaydi. Shunday qilib, respublika hududining katta qismida eng issiq iyul oylarida maksimal havo harorati 43-46 darjani, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 47-49 darjani tashkil etgan.






