AsosiyJamiyat

Buxoroda qurilishi bitmagan 9 qavatli uyda yong`in chiqdi (video)

'Buxoroda qurilishi bitmagan 9 qavatli uyda yong`in chiqdi (video)'ning rasmi

Buxoro shahrida yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati ma`lum qilishdi.

Unda aytilishicha, voqea 24 iyul kuni soat 12:20 da, “Bunyodkor” MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yuz bergan. Uyning chap yon tomoni yuza qismi (alyukobond) yongan.

Voqea joyiga jalb etilgan 5 ta yong`in qutqaruv avtoekipajlari soat 12:22 da etib borib, soat 12:49 da yong`inni batamom o`chirgan. Yong`in oqibatida fuqarolarning kuyish, tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.

Birlamchi ma`lumotga ko`ra, payvandlash ishlarida yong`in xavfsizligi qoidalari buzilishi yong`in kelib chiqishiga sabab bo`lgan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar