Joriy yil 16-25 iyul kunlari Shveysariya davlatida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o`quvchilar ishtirok etgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) o`zbekistonlik o`quvchilar 1ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
Terma jamoa tarkibi:
Nazarov Azizbek - Toshkent sh., Olmazor tumani, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o`quvchisi;
Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf o`quvchisi;
Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o`quvchisi;
Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf o`quvchisi.






