AsosiySalomatlik
7121

Aqliy faoliyatni yaxshilashni istaganlarga 10 tavsiya

  1.  Har kuni kitob va gazeta o`qing. Shuningdek, 20-30 daqiqa davomida biror sport turi bilan shug`ullaning. Aslo dangasalik qilmang. Bu irodasizlikdan darak.
  2. Uzoq vaqt davomida televizor ko`rmang. U sizga umuman keraksiz bo`lgan ma`lumotlar bilan fikringizni chalg`itishi mumkin.
  3. Bir sutkada 6-8 soat davomida uxlang, uyqungiz me`yorida bo`lsin. Tunda uxlashning iloji bo`lmasa, bu ishni kunduzi amalga oshiring. To`liq uyqu salomatlik va sog`lom fikr garovidir.
  4. Qon aylanishining yaxshilanishi va miya faollashuvi uchun taomnomangizda sabzi, mayiz va yong`oq mahsulotlari bo`lishi shart.
  5. E`tiborni jamlashda xolin moddasi katta yordam beradi. Bu foydali modda tuxum sarig`i va jigarda ko`p bo`ladi. Qabul qilingan ma`lumotlarni yodda saqlab qolishni istasangiz, V vitamini ko`p bo`lgan mahsulotlarni iste`mol qiling.
  6. Harakatchanlikni oshirish , miya va organizmning normal holatda ishlashi uchun temir moddasi zarur. U esa quyidagi mahsulotlarda ko`p miqdorda bo`ladi: yashil olma, anor, qora non.
  7. Miya normal faoliyat yuritishi uchun tomirlarda nuqson bo`lmasligi lozim. Bunga erishish uchun esa limon, apelsin va mandarin ko`proq iste`mol qilish kerak.
  8. Fikrlash jarayonini yaxshilash va tezlashtirish uchun kalsiy va kaliy lozim. U sut va sut mahsulotlari, o`rik turshagi va pomidorda ko`p bo`ladi.
  9. Kunda-kun ora yangi g`oyalar tug`ilishi, xotira yaxshilanishi va sog`lom bo`lishni istasangiz, anjir eng! Chunki uning tarkibida miyani kislorod bilan ta`minlaydigan modda bor.  
  10. Ziravorlar miya faoliyatini yaxshilashda juda qo`l keladi. Masalan, zira va zanjabil diqqatni oshiradi, qalampir, murch va zarchava miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi. 

Boshqa yangiliklar