Bugun, 25 iyul kuni soat 9:27 da Toshkent shahridagi 110 kV L-K-D elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada Toshkent viloyatining O`rta Chirchiq va Toshkent shahrining Sergeli hamda Yangihayot tumanlari iste`molchilari qisman elektr ta`minotidan uzilgan.
"Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste`molchilarning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






