AsosiyJamiyat

Chirchiqda 16 yoshli qiz “SPARK” avtomashinasini o`g`irlab YTH sodir etdi

'Chirchiqda 16 yoshli qiz “SPARK” avtomashinasini o`g`irlab YTH sodir etdi'ning rasmi

2023 yil 15 iyul kuni soat taxminan 23:30larda B.O “SPARK” avtomashinasini Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan tanishining uyi oldida qoldirgan. Ertasi kuni, soat 05:00larda chiqib qarasa, uy oldida qoldirgan avtomashinani noma`lum shaxs olib qochib ketganligi ma`lum bo`lgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, voyaga etmagan 16 yoshli qiz tomonidan olib qochilganligi va ushbu avtomashinada Chirchiq shahar “Oktyabr” qo`rg`oni tomondan harakatlanib ketayotgan vaqtida svetofor bilan tartibga solingan avtomobil yo`lida to`xtab turgan 44 yoshli T.M. ning boshqaruvida bo`lgan “Sobalt” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib yuborib, yo`l transport hodisa sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan voyaga etmagan M.D.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida, gumon qilinuvchi qizdan nima sababdan ushbu jinoyatni sodir qilganligi so`ralganida, u Chirchiq shahar 4-kichik nohiyada joylashgan o`zining tanishining xonadonida vaqtinchalik yashab kelayotganligini, va shu kuni uning xonadonga b.O. kelib uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli avtomashinasining pulti va kalitini olib, mazkur avtomashinada do`konga borib kelmoqchi bo`lganligini ma`lum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta`kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar