AsosiyJinoyat

Buxoroda qalbaki 10 000 AQSh dollari muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Buxoroda qalbaki 10 000 AQSh dollari muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, fuqarolar Q.R. va A.N. qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro X.R.ga 5 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki banknotlarni berib qolgan qismini tez kunda etkazishlarini aytib 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar