Respublika Gidrometeorologiya markazi O`zbekiston bo`yicha 27 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-17 m/s gacha kucahyishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 38-40° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining cho`l hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 37-42° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 39-44° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
26.07.2023 13:30
Ertaga harorat biroz pasayib, ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin






