AsosiyJamiyat

Shohi Zinda yodgorligi epigrafikasi: XV asr masjidi mehrobi peshtoqidagi yozuvlar nimani anglatadi?

'Shohi Zinda yodgorligi epigrafikasi: XV asr masjidi mehrobi peshtoqidagi yozuvlar nimani anglatadi?'ning rasmi

Shohi Zinda yodgorligi sir-sinoatlarga to`la. Peshtoqdan o`n ikki qovurg`ali ajoyib gumbazi bo`lgan to`rt ravoqli chortoqqa o`tiladi.

Chortoqning g`arbiy ravog`idan chap tomonda XV asrda qurilgan masjidga kiriladigan yo`lak bor. Keyinchalik sharqiy ravoqqa tutashtirib, bir necha mulozimxona qurilgan.

Mehrob yuqori qismining ikki tarafida suls xatida: “Alloh ulug`ligi ulug` bo`lsin”, ”Muhammad, unga Allohning salavoti va salomi bo`lsin” – kalimalari bitilgan.

[Ey, Muhammad!] Ayting: “U Alloh – yagona. Alloh – Samad [ehtiyojsiz, hojatbaror]. U tug`magan va tug`ilmagan ham. Shuningdek, Uning hech bir tengi yo`q”.

Mavzu doirasida batafsil O`zbekiston me`moriy epigrafiyasi” turkumidagi “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan (57,58-betlar) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi: Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

    Boshqa yangiliklar