O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Umid Rustamovich Shadiev O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmtai xabar bermoqda.
Bungacha Umid Shadiev O`zbekiston Respublikasining YuNESKO huzuridagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
Eslatib o`tamiz, sal avval, Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlangan edi.






