AsosiyJamiyat

Prezident 27-28 iyul kunlari Farg`onada bo`ladi

'Prezident 27-28 iyul kunlari Farg`onada bo`ladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 27-28 iyul kunlari Farg`ona viloyatida bo`ladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, davlat rahbari qishloq xo`jaligi va sanoatda ishga tushirilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, hududlarning iqtisodiy o`sishini ta`minlash va aholi farovonligini oshirish uchun joylardagi mavjud salohiyatni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilishi rejalashtirilgan.   

    Boshqa yangiliklar