AsosiyJamiyat

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining vaqti va manzili haqidagi ma`lumot qaerdan olinadi?

'Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining vaqti va manzili haqidagi ma`lumot qaerdan olinadi?'ning rasmi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30 iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko`rsatilgan joyda bo`lib o`tadi.

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma`lumot  talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo`nalishi uchun (5-sinflar):

  •  matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
  •  ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

 

Tabiiy fanlar yo`nalishi uchun (7-sinflar):  

  •  tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
  •  ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

 

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi, qo`shimcha vaqt berilmaydi.

Ma`lumot uchun, Toshkent viloyati o`quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.

Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar