Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudida I.Xudayberdiev (Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalarga (jami 18 nafar sudlanuvchi) oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e`lon qilindi.
E`lon qilingan hukmga ko`ra, I.Xudayberdievga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tattirilish belgilandi.
Qolgan 17 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi bo`yicha jarima, 1 yil 9 oy 15 kundan 2 yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3 yil 6 oydan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.