AsosiyJamiyat

Vazir Farg`onada vahshiylarcha o`ldirilgan qizaloqning xonadonida bo`ldi

'Vazir Farg`onada vahshiylarcha o`ldirilgan qizaloqning xonadonida bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar berilganidiek, 2023 yil 20 iyul kuni Farg`ona shahar Yangi Asr ko`chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo`rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. Ushbu jinoyatni qizaloqning oilasiga tanish bo`lgan 17 yoshli yigit sodir etgani ma`lum bo`lgan. 

Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova Farg`onada fojiali halok bo`lgan qizaloqning uyida bo`lib, uning oila a`zolariga o`zining hamdardligini bildirdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga vazirlikning Jamoatchilik bilan ishlash bo`limi boshlig`i Laylo Rustamova xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, vazir mudhish hodisani o`rganish hamda marhumaning yaqinlaridan hol so`rash maqsadida qizaloqning onasi bilan suhbatlashib, yuz bergan holatdan chuqur qayg`uda ekanligini bildirgan. 

    Boshqa yangiliklar