Farg`ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab bermoqda.
“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug`lashni eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etdik va bu borada katta o`zgarishlarni boshladik.
Yangi O`zbekiston, bu – huquqiy davlat ekanligini yangilangan Konstitusiyamizda ham muhrlab qo`ydik.
Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta`minlash orqali xalqimizni rozi qilishdan iborat”, - dedi davlat rahbari so`zining avvalida.
Birgina oxirgi ikki yil ichida huquq-tartibot faoliyatiga oid 10 ta qonun, 40 ga yaqin Prezident farmon va qarorlari, 60 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilingani qayd etildi.
Huquq-tartibot organlari, ayniqsa ichki ishlar xodimlarining oylik maoshi keskin oshirildi va ko`plab imtiyozlar berildi.






