AsosiyJamiyat

⚡️Prezident Ichki ishlar vazirining o`rinbosarini ishdan oldi

'⚡️Prezident Ichki ishlar vazirining o`rinbosarini ishdan oldi'ning rasmi

Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo`yicha yangicha ish tartibini belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ichki ishlar vazirligi, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo`mitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:

- jinoyat qilishga moyilligi bor og`ir ahvoldagi aholi bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ishlash bo`yicha “mahalla beshligi”ning vazifalarini aniq belgilab berish;

- yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi. 

Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, “mahalladagi beshlik” ularning muammolarini hal qiladi. 

Tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun mas`ul o`rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha etkazilmagani ko`rsatib o`tildi va shu munosabat bilan vazir o`rinbosari N.To`raxojaev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar