AsosiyJinoyat

Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilmoqchi bo`lgan andijonlik fuqaroga sud hukmi o`qildi

'Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilmoqchi bo`lgan andijonlik fuqaroga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilmoqchi bo`lgan shaxsga nisbatan sud hukmi o`qildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi, 1993 y.t. I.U. 2021-2022 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta`siriga tushib, ularning safiga borib qo`shilishni reja qiladi.

Shu maqsadda I.U. bir necha bor Suriyaga o`tishga urinadi, lekin, turk chegarachilari bunga imkon bermaydi. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo`lga olinib, O`zbekistonga deportasiya qilinadi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur shaxs doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a`zolari bilan aloqada bo`ladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo`yicha Boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.U.ning noqonuniy harakatlariga chek qo`yildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko`ra I.U. Jinoyat Kodeksining 1552 va 2442-moddalari bilan aybdor deb topilib,
8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum etildi.

 

    Boshqa yangiliklar