AsosiyJamiyat

Prezident Halqlar do`stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo`lladi va bir guruh faollarni mukofotladi

'Prezident Halqlar do`stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo`lladi va bir guruh faollarni mukofotladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston xalqiga Halqlar do`stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo`lladi. 

Jumladan: 

Siz, azizlarni, butun O`zbekiston xalqini 30 iyul – Xalqlar do`stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o`zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ko`pmillatli xalqimiz – bizning eng katta boyligimiz, yurtimizdagi millatlar va konfessiyalararo hamjihatlik – barcha yutuq va marralarimizning mustahkam asosidir.

Azal-azaldan o`zining do`stlik, birodarlik va bag`rikenglik an`analari bilan shuhrat qozongan qadimiy va betakror O`zbekiston zaminida hozirgi vaqtda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o`zaro tinch va ahil yashab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo`shmoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, 38 ta do`stlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz erkin faoliyat ko`rsatmoqda.

Mamlakatimizdagi davlat ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonlari 7 tilda olib borilmoqda, qardosh tilli maktablarda tahsil olayotgan farzandlarimiz davlat hisobidan darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta`minlanmoqda.

Barcha hududlarimizdagi “Do`stlik uylari” turli millatga mansub fuqarolar o`rtasida do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o`rin tutmoqda.

Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan keng ko`lamli ishlarimiz ham O`zbekistonning do`stlik va insonparvarlik diyori sifatidagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugun – ushbu quvonchli ayyomda “Xalqlar do`stligi” festivali doirasida o`tkazilayotgan turli madaniy-ma`rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar hayotimiz qoidasiga aylangan “O`zbekiston – umumiy uyimiz” degan g`oyat muhim tamoyilni yanada keng qaror toptirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz.

Ezgu an`anamizga muvofiq, millatlararo do`stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda hukm surayotgan o`zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun turli millat va elat vakillari bo`lgan vatandoshlarimiz bu yil ham davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, ularning barchasini chin qalbimdan tabriklayman”, - deyiladi tabrikda. 

Shuningdek mazkur sana munosabati bilan bir guruh faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar:

«Do`stlik» ordeni bilan

Allaberganov Bekman - Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o`rinbosari, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Altunina Larisa Mixaylovna - O`zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo`limi raisi, Toshkent viloyati

Bayjanov Yaxshibay Abadovich - «Tuyamo`yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati

Balaeva Sevil Alislam kizi - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo`limi raisi

Dovgun Oksana Ivanovna - «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari

Duras Eleni Anastasios - Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a`zosi

Embergenova Gulnara Sabirbaevna - Qoraqalpog`iston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari

Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati

Kapadze Taxir Vasilevich - Farg`ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi

Karipova Raliya Talgatovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a`zosi

Kravchenya Gennadiy Nikolaevich - Termiz shahridagi «Geniy-Termiz» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati

Markaryan Garik Muradovich - Samarqand shahar «Luys» arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a`zosi

Maxkamova Riskiniso Zoidovna - Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xo`jaligi pillachisi, Namangan viloyati

Maxmudov Erkin Kasimovich - O`zbekiston uyg`ur milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari

Nazarova Bozor - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo`limi a`zosi

Olloberdiev Muqumboy Mavlonovich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a`zosi

Razmadze Vladimir Georgievich - «Megobroba» Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a`zosi

Smesova Ekaterina Aleksandrovna - O`zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo`limi raisi o`rinbosari

Topchiev Jamolidin Sotiboldievich - Xonobod shahridagi «Xidirsha» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Andijon viloyati

Fazilova Klara Bayburievna - O`zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo`limi raisi

Xan Margarita Lyurevna - O`zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining «Koryo» ansambli badiiy rahbari

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Kogay Marina Aleksandrovna - O`zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo`linmasi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Daukaeva Ilvira Gamirovna  - Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san`at maktabining aktyorlik mahorati bo`yicha o`qituvchisi, Toshkent shahri

Lopatin Sergey Mixaylovich - «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» mas`uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati

Xutova Kulina Mudalifovna - Zafarobod tumanidagi «Chimqo`rg`on» qishloq fuqarolar yig`inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna - Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g`oya kafedrasi dosenti, Samarqand viloyati

.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar